Ambroziya (Ambrosia) — 1) qoqidoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtlar turkumi, 30 ga yaqin turi bor. Amerika, Osiyo, Yevropa, Afrika va Avstraliya hamda Tinch va At-lantika okeanlaridagi koʻpgina orollarda tarqalgan. Qozogʻiston, Shimoliy Kavkaz, Ukraina va Rossiyadagi bir qancha turlar zararkunanda begona ut hisoblanadi; 2) daraxtlar poyasidagi poʻstloqxoʻr qoʻngʻizlar ochgan yoʻllarda oʻsadigan sodda xaltali zamburugʻlar mitseliysi tana-sining oq yoki qizgʻish gʻubori. A. mitse-liysi qoʻngʻizlar uchun oziq boʻladi. A. bilan qoʻngʻizlar oʻrtasidagi munosabat simbioz yashashga misol boʻladi. Chunki A. faqat da-raxt yogʻochi bilan emas, balki qoʻngʻizlarning axlati hisobidan ham oziqlanadi. A. spora hosil qiladi, maxsus hujayralari urgʻochi poʻstloqhoʻr qoʻngʻizlar ichagi orqali boshqa sogʻlom daraxtlarga oʻtadi. Masalan, rophoma zamburugʻi hosil qiladigan A. burchoqdoshlar, piyozguldoshlar ta-nasida qoʻshqanotli hasharotlar paydo qiladigan boʻrtmalarda uchraydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil