Amerika Qoʻshma Shtatlarida COVID-19 pandemiyasi

COVID-19 koronavirus infeksiyasi ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 (SARS-CoV-2) tufayli kelib chiqqan yangi yuqumli kasallik boʻlib, Amerika Qoʻshma Shtatlarida ilk bor 2020-yil yanvar oyida tarqaldi. Kasallik Amerika Qoʻshma Shtatlaridaning 50 ta shtatida, jumladan Kolumbiya okrugi va Amerika Samoasidan tashqari barcha AQSh hududlarida tasdiqlangan.[4] 31-mart 2020-yil holatiga koʻra, AQSh dunyoda kasallikdan eng koʻp tasdiqlangan faol holatlarga ega hamda virusdan vafot etganlar soni boʻyicha uchinchi oʻrinda turadi.[5]

Amerika Qoʻshma Shtatlarida COVID-19 pandemiyasi
Kasallik COVID-19
Virus shtammlari SARS-CoV-2
Joylashuv AQSh
Birinchi holati Everett, Washington
Aniqlangan sanasi 15-yanvar 2020
Boshlanishi Uxan, Xubey, Xitoy[1]
Tasdiqlangan holatlar 961 237(JHU)[2]
579 005 (CDC)[3]
Tuzalish 108 083 (JHU)[2]
Oʻlimlar
54 239 (JHU)[2]
6 593 (CDC)[3]
Rasmiy vebsayt
coronavirus.gov

AQSHda 2021-yil mart oyidan koronavirusga qarshi toʻliq emlangan fuqarolarga boshqa emlangan fuqarolar bilan niqobsiz va ijtimoiy masofa saqlamasdan muloqot qilishga ruxsat berildi. AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi direktori Roshel Valenskining maʼlum qilishicha, koronavirusga qarshi toʻliq emlanganlar agar ular xavflilik jihatdan qizil hududda boʻlmasa, emlanmagan fuqarolar bilan ham muloqot qilishi mumkin.

«Pfizer» yoki «Moderna» preparatlarining ikki dozasini yoki bitta dozada «Johnson&Johnson» vaksinasini olgan aholi koronavirusga qarshi toʻliq emlangan deb hisoblangan[6].

2021-yil aprel oyida mamlakatda koronavirusning toʻrtinchi toʻlqini boshlandi[7].

AQSHning Stanford universitetining viruslarni oʻrganish laboratoriyasi mutaxassislari Kaliforniyada 2021-yil aprel oyida ikki marta mutasiyalangan koronavirusning «hindcha» shtammini aniqladi.

Ikki marta mutasiyaga uchragan koronavirusning «hindcha» shtammi «ikki tomonlama mutant» nomi bilan ilk bor San Francisco boʻgʻozida qayd etilgan. Ilgari Hindistonda aniqlangan shtamm ikki karra mutasiyaga ega, ammo uning yuqumli yoki vaksinalarga chidamli ekani hali ma’lum emas[8].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir