Amerika laylagi[1] (lotincha: Ciconia maguari ) — laylaklar oilasiga mansub Janubiy Amerika qushi. Laylaklarning yirik turi boʻlib, Janubiy Amerikaning koʻp qismida mavsumiy botqoqliklarda yashaydi. Tashqi koʻrinishida oq laylakka juda oʻxshaydi lekin biroz kattaroq[2].

Amerika laylagi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Turkum: Laylakdoshlar
Oila: Laylaklar
Turlari: Amerika laylagi
Xalqaro ilmiy nomi
Ciconia maguari (Gmelin, 1789)

Tavsif tahrir

Amerika laylagining uzunligi 90 sm, qanotlari uzunligi 120 sm va vazni 3,5 kg ga yetadi. Asosan oq rangda boʻlib, dum patlari qora rangda. U xuddi shunaqa koʻrinishdagi oq laylakdan qora vilka shaklidagi dumi, koʻk-kulrang tumshugʻi (katta qushlarda), koʻz atrofidagi terining qizgʻish-toʻq sariq dogʻi va oq irisi bilan ajralib turadi. Ushbu qushlar tutqinlikda (qoʻriqxona yoki hayvonot bogʻida) 20 yildan ortiq yashaydi.

Tarqalish tahrir

Amerika laylagi Janubiy Amerikada, And togʻlarining sharqida, Venesueladan Argentinagacha boʻlgan nam joylarda va qishloq xoʻjaligi yerlarida yashaydi.

Oziqlanish tahrir

Amerika laylagi baliq, qurbaqa, kerevit, mayda kemiruvchilar, ilonlar, suv hasharotlari va boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.

Koʻpayish tahrir

Erkak qush 3 yoshda, urgʻochi qush esa 4 yoshda jinsiy yetuklikka erishadi. Qushlar 60 sm masofada 5 tadan 15 tagacha boʻlgan koloniyalarda uyalar quradilar. Uya 1 m dan 6 m gacha balandlikdagi butalar, kichik daraxtlar ustida yoki zich oʻsimliklar ustida joylashadi. Uyalar doimo suv bilan oʻralgan. 2 tadan 3 tagacha tuxum qoʻyishadi. Joʻjalarning tuxumdan chiqishi 29 dan 32 kungacha davom etadi. Joʻjalar oq rangda tugʻiladi, keyin ularning patlari qorayadi va 3 oydan keyin ular ota-onalariga oʻxshash boʻladi.

Fotosurat tahrir

Manbalar tahrir

  1. Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 26. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
  2. King CE. 1988. An ethological comparison of three storks: Ciconia boyciana, C. ciconia, and C. maguari. MS Thesis, Oklahoma State University, Stillwater, Oklahoma.

Adabiyotlar tahrir

  • Hancock & Kushan, Storks, Ibises and Spoonbills of the World. Princeton University Press (1992). ISBN 978-0-12-322730-0