Laylaklar (Ciconidae) — uzun oyoqli qushlar turkumining bir oilasi. 17 turni birlashtirgan 11 urugʻi bor. Asosan, tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda oq laylak va qora laylak uchraydi. Oq laylakning tumshugʻi va oyoqlari qizil, pati oq, qanot patlari qora. Vazni 4 kg gacha. Qora laylak oq laylakka qaraganda kichikroq. Laylaklar yalangliklarda, togʻlarda va aholi punktlariga yaqin yer larda yashaydi. Uyasini daraxtlarga, qoyalarga va minoralar tomiga quradi. 3–5 ta tuxum qoʻyadi. Ikkala jins ham tuxumini 30 kuncha galma-galdan bosadi. Monogam qushlar. Baqa, kaltakesak, sichqon, hasharot va boshqa bilan oziqlanadi. Markaziy va Janubiy Afrikada, janabiy–gʻarbiy Osiyo va Gʻarbiy Xitoyda qishlaydi. Hozirgi laylaklar soni kamayib ketgan[1].


Laylak ( Ciconia ciconia ) laylaklar oilasiga kiruvchi katta va uzun oyoqli qushdir. Qora qanot uchish patlaridan tashqari butunlay oq ranglidir, tumshug'i va oyoqlari kattalarda qizil, o'spirinlarda esa qora. Bu yirik qush 100–115 sm uzunlikda, 2,3 kg dan 4,5 kg gacha vazni, qanotlari kengligi 155–215 sm. Biroz farq qiladigan ikkita kichik tur Evropada (shimoldan Finlandiyagacha ), Afrikaning shimoli-g'arbiy qismida va janubi-g'arbiy Osiyoda ( Qozog'istonning sharqidan janubiga) joylashgan. Laylaklar uzoq masofalarga ko'chib o'tadilar. Ular asosan tropik Sahroi Kabirdagi Afrikada, Janubiy Afrikaning janubida va hatto Hindiston yarimorolining janubida qishlashadi.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil