Amerika qora oʻrdagi (Anas rubripes) – Anatidae oilasiga mansub yirik oʻrdak hisoblanadi. 1902-yilda Uilyam Brewster tomonidan kashf qilingan. Bu Anas turining eng ogʻir vakili boʻlib, ogʻirligi 720–1640 gr, oʻrtacha uzunligi 54–59 sm oʻlchamda boʻlib qanotlari bilan birgalikda uzunligi 88–95 sm ga teng. Rangi jihatidan u urgʻochilari erkaklariga oʻxshash oʻxshaydi, ammo quyuqroq rangli patlarga ega. Erkak va urgʻochilarining tumshuqlari tashqi koʻrinishida bir-biriga oʻxshashdir, lekin erkaginiki sariq, urgʻochisinik esa och yashil boʻladi. Uning vatani Shimoliy Amerikaning sharqiy qismidir. Koʻpayish davrida ular odatda Saskachevandan Kanadada, Atlantikadagi koʻllarga va AQSh dagi Adirondaklargacha boʻlgan qirgʻoq va chuchuk suvli botqoqlarda uchib kelishadi. Bu qisman koʻchib yuruvchi tur boʻlib, asosan AQShning sharqiy-markaziy qismida, ayniqsa qirgʻoqboʻyi hududlarida qishlaydi. Urgʻochisi oltitadan oʻn toʻrttagacha oval shakldagi tuxum qoʻyadi, ular silliq qobiqlarga ega va oq va yashil rangning turli xil dogʻlari boʻladi. Oʻrtacha 30 kun ichida tuxum yorib chiqadi. Inkubatsiya davri odatda 25-26 kung davom etadi, har ikkala tur ham birgalikda gʻamxo'rlik qilishadi, garchi erkak odatda ayol inkubatsiya davrining oʻrtasiga yetguncha hududni himoya qiladi. Uchib ketish uchun taxminan olti hafta kerak boʻladi. Tuxum chiqqandan keyin ona oʻrdak naslni umurtqasizlar va oʻsimliklar koʻp boʻlgan boqish joylariga olib boradi. Amerika qora oʻrdagi eng kam tashvishlanadigan turlarga kiradi, Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi (TMXI), tomonidan. Garchi turlarning ayrim populyatsiyalari kamayib borayotgan boʻlsa ham. U qadimdan ov qushi sifatida qadrlangan.

Amerika qora o'rdagi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Turkum: G'ozsimonlar
Oila: o'rdaksimonlar
Urugʻ: Anas
Turlari: A. rubripes
Binar nomi
Anas rubripes
((Brewster, 1902-yil))
Sinonimlari
Anas obskura Gmelin, 1789

Taksonomiya va etimologiyasi

tahrir

Amerikalik ornitolog Uilyam Brewster 1902-yilda The Auk nomli muhim maqolasida amerikalik qora oʻrdakni „qizil oyoqli qora oʻrdak“ Anas obscura rubripes deb taʼriflagan. Angliyada topilgan qora oʻrdaklarning ikki turini farqlangan. Ulardan biri nisbatan kichik, oyoqlari jigarrang, zaytun rangli yoki qora, ikkinchisi esa nisbatan kattaroq, teri rangi ochroq, oyoqlari yorqin qizil va ochiq sariq rangga ega edi. Ulardan kattasi Anas obscura nemis tabiatshunosi Iogan Fridrix Gmelin tomonidan 1789-yilda Systema Naturae sistemasinining 2-qismi 13-nashrida tasvirlangan. U buni Welsh tabiatshunosi Tomas Pennantning „Xira oʻrdak“ turiga qiyoslagan.

Tavsif

tahrir
 
Sariq tumshugʻli erkak oʻrdak
 
Xira yashil tumshugʻli urgʻochi oʻrdak

Amerikalik qora oʻrdagining vazni 720–1640 gr, oʻrtacha uzunligi 54–59 sm oʻlchamda boʻlib qanotlari bilan birgalikda uzunligi 88–95 sm ga teng[1]. Rangi jihatidan u urgʻochilari erkaklariga oʻxshash oʻxshaydi, ammo quyuqroq rangli patlarga ega. Erkak va urgʻochilarining tumshuqlari tashqi koʻrinishida bir-biriga oʻxshashdir, lekin erkagniki sariq, urgʻochisiniki esa och yashil boʻladi. Boshi jigarrang, ammo quyuq jigarrang tanaga qaraganda bir oz ochroq boʻladi. Yonoqlari va tomogʻi jigarrang chiziqli boʻlib, tojining ustidan qora rangli quyuq chiziq oʻtib ketadi. Oʻrdakning goʻshti toʻq boʻladi. Sariq oyoqlari qalin toʻrga bilan qoplangan. Amerikalik qora oʻrdaklarning erkak va urgʻochi oʻrdaklari oʻzlarining yaqin qarindoshi boʻlgan mayyarga oʻxshash ovoz chiqaradilar, urgʻochilari esa baland ovozda bir qatorli tovushlarni chiqaradi.

Tarqalishi va yashash joyi

tahrir
 
Anas rubripes urgʻochi oʻrdak, Hudson daryosi, New Jersey, AQSH

Amerika qora oʻrdagi Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida keng tarqalgan. Yashash hududi Kanadadaning shimoli-sharqiy qismi, Saskachevandan, Nyufaundlend va Labradorgacha choʻzilgan boʻlib, Qoʻshma Shtatlarning shimoliy qismlari , Michigan, Nyu-Jersi, Ogayo, Konnektikut, Vermont, Janubiy Dakota, markaziy Gʻarbiy Virjiniya, Meyn va Atlantika sohilida va Shimoliy Karolina shtatlarida koʻp uchraydi. Odatda Amerikaning shimoli-sharqidagi chuchuk suvli va qirgʻoq boʻyidagi botqoq yerlarni, shu jumladan shoʻr botqoqliklarni va suv havzalarining chekkalarini va qorakoʻl bilan qoplangan daryolarni afzal koʻradi. Shuningdek, qunduzli suv havzalarida, chanoq va qamishli sayoz koʻllarda, ochiq botqoqlarda yashaydi. Aralash oʻrmonlar, shuningdek, oʻrmonli botqoqlarliklari ham uning yashash joyini tashkil etadi. Vermontdagi aholi, shuningdek, botqoq boʻyralari bilan oʻralgan muzlik hovuzlarida ham topilgan. Qishda amerika qora oʻrdagi asosan qoʻltiqlar, qishloq xoʻjalik botqoqlari, suv bosgan yerlar, qishloq xoʻjaligi dalalari, suv havzalari va daryo boʻylari bilan chegaradosh shoʻr botqoqlarda yashaydi. Oʻrdaklar odatda qoʻriqlanadigan yerdagi shoʻr va yangi suv omborlariga koʻchib oʻtish orqali ov va boshqa bezovtaliklardan berkinadi.

Xulq-atvori

tahrir

Oziqlanishi

tahrir

Amerika qora oʻrdagi har xil oziqlanishga ratsioniga ega [2] [3]. Sayoz suvda suzish va quruqlikda oʻtlash orqali oziqlanadi. Uning oʻsimlik ratsioniga asosan turli xil botqoq oʻtlari shuningdek, suv oʻsimliklarining urugʻlari, poyalari, barglari va ildiz poyalari kiradi, masalan, ilon oʻti, suv oʻti va boshqa oʻtlar[3]. Uning hayvonlar ratsioniga mollyuskalar, salyangozlar, baqalar, hasharotlar, midiya va mayda baliqlar kiradi.

Qoʻshimcha adabiyotlar

tahrir

Maʼnbalar

tahrir
  1. „American Black Duck“. www.allaboutbirds.org (2011). 2017-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-iyun.
  2. Eastman, John Andrew. Birds of Lake, Pond, and Marsh: Water and Wetland Birds of Eastern North America (en). Stackpole Books, 1999 — 57–58-bet. ISBN 9780811726818. 
  3. 3,0 3,1 Maehr, David S.; Kale II, Herbert W.. Florida's Birds: A Field Guide and Reference (en). Pineapple Press Inc, 2005 — 56-bet. ISBN 9781561643356.