Virgin orollari (Amerikaning Virgin orollari, ingl.United States Virgin Islands; Qoʻshma Shtatlarining Virgin orollari, ingl.Virgin Islands of the United States) — Karib dengizidagi Amerika Qoʻshma Shtatlarining uyushgan hududi maqomiga ega boʻlmagan orollar guruhi.

Amerikaning Virgin orollari
ingl.United States Virgin Islands
Shior«United in Pride and Hope»
«G‘urur va umidda birga birlashamiz»
Madhiya: «Virgin Islands March»
«Virgin orollari marshi»
Location of Amerikaning Virgin orollari
Poytaxt Sharlotta-Amaliya
Eng katta shahar Sharlotta-Amaliya
Rasmiy til(lar) Inglizcha
Hukumat AQSh boshqaruvi
• Prezident
Jo Bayden
Albert Brayan
• Daniyadan AQShga o‘tkazilishi
1917-yil 31-mart
Maydon
• Butun
346.4 km2 (168-oʻrin)
• Suv (%)
1
Aholi
• 2020-yilgi roʻyxat
87 146 kishi
• Zichlik 252.4/km2
YIM (nominal) 2020-yil roʻyxati
• Butun
4.068 milliard AQSh dollar
Pul birligi AQSh dollari (USD)
Vaqt mintaqasi UTC−4:00
Qisqartma VI
Telefon prefiksi +1-340
Internet domeni .vi

Geografik joylashuvi va tabiati tahrir

Virgin orollari Shimoliy va Janu- biy Amerika oraligʻida, Puerto-Riko orolidan sharqda, Kichik Antil orollarining shimoliy qismida joylashgan AQSHga qarashli xudud. Virgin orollari tarkibiga 50 dan ortiq orol kiradi. Ulardan eng yiriklari: Sent-Tomas, Sent-Jon, Santa-Kruz. Orollar ohaktoshli, shu bilan birga kristalli va vulkonli tog jinslaridan tashkil topganlari ham bor.

Iqlimi - tropik. Doimiy yashil tropik oʻrmonlarning koldiqlari uchraydi. Qolgan xududlar qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlardan iborat. Hayvonot dunyosida maymunlar, kolibri va toʻti kabi kushlar bor.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari tahrir

Davlat tuzilishi orollar ustidan umumiy nazoratni AQSH Ichki ishlar vazirligi amalga oshiradi. Ijroiya Hokimiyat gubernatorga tegishli, maʼmuriy jihatdan 3 ta orolga boʻlingan. Poytaxti Sharlotta-Amaliya Sent-Tomas orolida joylashgan. Siyosiy partiyalari: AQSH Demokratik va Respublikachilar partiyalarining boʻlimlari, Fuqarolar mustaqilligi harakati.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari tahrir

Iqtisodining asosini chet el turizmi tashkil kiladi. Dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri Sen-Kroa orolida joylashgan. Chorvachilik va baliqchilik rivojlangan. Chetdan keltiriladigan ehtiyot qismlardan soatlar yigʻish, oziq-ovqat maxsulotlari va rom ishlab chikarish yoʻlga qoʻyilgan. Kishloq xoʻjaligida joʻxori, shakarqamish, meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Chetdan neft, sanoat maxsulotlari, ozik-ovkat keltiriladi. Chetga neft mahsulotlari, shakar, rom, sitrus mevalar, qahva eksport qilinadi. 2010-yilda YAIM miqdori 1577 mln (aholi jon boshiga - 17200) dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH, Puerto-Riko.

Tarixi tahrir

Kolumb ekspeditsiyasi 1493-yili orollarga kelgan. Dastlabki axoli punktlari 1625-yil Santa-Kruz orolida ingliz va fransuz mustamlakachilari tomonidan barpo qilingan. Turli vaqtlarda orollar ustidan inglizlar, fran- suzlar, ispanlar oʻz nazoratini oʻrnatgan. 1733-yili orollarni daniyaliklar sotib olishdi (1754-yilda rasmiy ravishda Daniya mustamlakasi deb eʼlon kilindi). 1672 va 1683-yillarda daniyaliklar Sent-Tomas va Sent-Jon orollarini xam mustamlakaga aylantirgan edi. Daniyaliklar hukmronligi davrida Sent-Tomas oroli savdo markaziga (shuningdek, kul savdosining ham), Sent-Jon oroli esa shakarqamish plantatsiyalariga aylantirilib, ularda kullar ishlatilgan. Kullik mavjud boʻlgan davrda (1848-yilgacha) orolga 28 ming negr kullar keltirilgan. Daniya orollar ustidan 1917-yilga kadar (Napoleon urushlari davridagi qisqa davrni hisobga olmaganda) egalik qilib keldi. Shundan sung, Daniya bu orollarni AQSHga 25 million dollarga sotdi. 1932-yili orolda yashovchilarga AQSH fukaroligi berildi. Bu yerda AQSH harbiy bazasi kurilgan. 1973-yili Virgin orollari AQSH kongressining deputatlar palatasiga 1 ta deputat oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan (lekin u ovoz berish huquqiga ega emas).

Manba tahrir