Amet Memet
Amet Abdullayevich Memet (1954-yil 22-iyunda tugʻilgan) — oʻzbek va ukrainlik futbolchi, himoyachi. Hozirda murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Memet Amet Abdullayevich | ||
Tavallud sanasi | 1954-yil 22-iyun | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1980 | SSSR Yoshlik | (10 (1)) | |
1984 | SSSR Kosonsoy | (23 (3)) | |
1984 | SSSR Chortoq | (JTJ) | |
1985-1987 | SSSR Avtomobilist (Namangan) | (87 (6)) | |
Boshqargan klublari | |||
2000 2009 |
UZB Navbahor UZB Oʻzbekiston | ||
2009 | UZB Bunyodkor | ||
2010 | UZB Andijon | ||
2013 | UZB Navbahor | ||
2013-2014 | UZB Neftchi | ||
2014-2016 | UZB Bunyodkor | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirAmet Abdullayevich asosan Oʻzbekiston SSR futbol klublari safida SSSR Ikkinchi ligasida toʻp surgan. Futbolchi eng katta shon-shuhratni Namanganning „Tekstilshik/Avtomobilist“ (hozirgi „Navbahor“) jamoasidagi oʻyinlari evaziga qoʻlga kiritgan. Shuningdek, „Yoshlik“ (Toʻraqoʻrgʻon), „Kosonsoy“ va „Chortoq“ klublarida ham toʻp surgan.
Murabbiylik faoliyati
tahrirAmet Abdullayevich murabbiylik faoliyatini 1990-yillarda boshlagan. 2000-yilda Namanganning „Navbahor“ klubini boshqargan boʻlsa,[1] 2009-yilda bir muddat „Bunyodkor“ bosh murabbiyi va oʻsha vaqtda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida Mirjalol Qosimovning yordamchisi (bosh murabbiy) lavozimida faoliyat yuritgan. 2010-yilda „Andijon“, 2013-yilda yana „Navbahor“ va 2013—2014-yillarda Fargʻonaning „Neftchi“ klublarini boshqargan. 2014—2016-yillarda „Bunyodkor“ murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. Keyinchalik esa Oʻzbekistondan koʻchib ketgan[2].