Ametrin
Ametrin, shuningdek, tristin yoki bolivianit nomi bilan tanilgan, kvarsning tabiiy ravishda paydo boʻlgan navi. Bu binafsha va sariq yoki toʻq sariq rangli ametist va kvars aralashmasi. Savdoda mavjud boʻlgan deyarli barcha ametrin Boliviyada qazib olinadi.
Ametrin | |
---|---|
Asosiy | |
Formulasi | SiO2 |
Molekulyar massasi | 60.08 g/mol |
IMA maqomi | Silikat mineral |
Fizik xususiyatlari | |
Rangi | Sariq, binafsharang |
Yaltiroqlik | Shishasimon |
Shaffoflik | Shaffof |
Qattiqlik | 7 (Mohs shkalasi bo‘yicha) |
Sinishi |
nō = 1,543–1,553 ne = 1,552–1,554 |
Ametrin |
Ametrin ichida koʻrinadigan zonalarning rangi kristall ichidagi temirning oksidlanish darajalariga bogʻliq. Sitrin segmentlarida oksidlangan temir bor, ametist segmentlari esa oksidlanmagan. Turli oksidlanish darajalari kristallning hosil boʻlishi paytida harorat gradienti boʻlganligi sababli yuzaga keladi. Sunʼiy ametrin gidrotermik usulda maʼlum elementlar bilan qoʻshilgan eritmalar yordamida hosil qilinadi[1].
Past narxli ametrin sintetik materialdan olingan bo‘lishi mumkin. Yashil-sariq yoki oltin-koʻk ramgdagi ametrin tabiatda mavjud emas.
Tuzilishi
tahrirAmetrin kremniy dioksididan (SiO2) iborat tektosilikatdir, yaʼni u umumiy kislorod atomlari orqali bir-biriga bogʻlangan silikat ramkaga ega.
Tarix
tahrirAfsonaga koʻra, ametrin Yevropaga birinchi marta 1600-yillarda ispan qirolichasiga konkistadorning sovgʻalari bilan birga olib kelingan[2].