Kvars (olm. Quarz) — silikatlar sinfiga mansub eng koʻp tarqalgan jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy formulasi SiO2. Kvarsning kristalli 2 ta modifikatsiyasi maʼlum: geksagonal Kvars (yoki a-K.) 870—573° temperatura oraligʻida turgʻun va trigonal Kvars (R-K.) 573° dan pastda turgʻun. r-K. tabiatda eng koʻp tarqalgan. Qoʻshaloqlari koʻp, kristall donacha, agregat va zich massalar holida uchraydi. Kvarsning kristallari, donalari, agregatlarining rangi har hil: shaffof — togʻ billuri, binafsha — ametist (safsar), kulrang — rauxtopaz, qora — morion, tillarang — sitrin va boshqa. Rangining har hil boʻlishi strukturaviy defektiga bogʻliq. Murakkab ranglilari ham uchraydi, ularga boshqa minerallarning mayda zarralari qoʻshilgan boʻladi. Kvarsning yashirin kristall hillari agat va xalsedon nihoyatda ingichka tolasimon tuzilmalardan iborat. K. optik jihatdan bir oʻkli, musbat. Ultrabinafsha va qisman infraqizil nurlarni oʻtkazadi. Sunʼiy Kvarsni SiO2 ning suvli eritmasidan yuqori bosim va temperaturada olinadi. Kvars turli togʻ jinslarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Kvars pyezoelektrik hossaga ega. Qattikligi 7. Zichligi 2,65 g/sm3. Erish harorati 1710°C, soviganda kvars oynasi deb ataluvchi jismga aylanadi. Monokristallari kam uchraydi va juda yuqori baholanadi. Kvars Oʻrta Osiyo (Pomirda), Rossiya (Uralda), Ukraina (Volinda), Braziliya va Madagaskarda uchraydi. Kvars qumi va uning metamorflashgan turlari — kvarsitlar keramika va shisha sanoatida, monokristallari (pyezokvars) optika va radiotexnikada, shaffof va chiroyli ranglilari yarim qimmatbaho tosh sifatida zargarlikda ishlatiladi.[1] Sun'iy kvarts Gidrotermik usul bilan sun'iy kvartsni sintez qilish usuli ishlab chiqilgan. Sintetik kvartsning sanoat uchun afzalligi - aralashmalarning tarqalishining bir xilligi, yuqori kimyoviy tozaligi. O'sish natijasi tabiatda keng tarqalgan egizak kristallariga qaraganda piezo-optik kvarts sifatida foydalanish uchun koʻproq mos bo'lgan yagona kristallar bo'lishi juda muhimdir. Zargarlik sanoati uchun sintez usuli ham muhimdir, chunki u har qanday rangdagi kvartsni va kerakli to'yinganlikni, agar kerak bo'lsa, hatto bitta rangdan ikkinchisiga o'tishda ham olish imkonini beradi. Sun'iy kristallarga yashil (tabiatda juda kam) va ko'k (tabiiy analoglari yo'q) ranglar beriladi, hattoki tabiatda mavjud bo'lmagan ko'k kvarts ham o'stiriladi. Sintetik kvarts kristallarini ishlab chiqarish Guj-Xrustalniy, Shilovo-Ryazan viloyati, Yujnouralskda rivojlanmoqda. Kvartsning sanoat sintezi 1957-yildan beri yo'lga qo'yilgan.

Kvars

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil