Amfisbenalar, halqali kalta-kesaklar (Amphisbae nidae) — kaltakesa-klar oilasi; 17 tacha uruqqa boʻlinadigan 120 tacha turi bor. Ular, asosan, tropik Amerika bilan Afrikada tarqalgan. Besh turi Ispaniya va Portugaliyada, bittasi Eronda uchraydi. Tuzilishi yerni kov-lashga va yer ostida yashashga moslashgan. Tanasi silindr shaklida, halqalarga boʻlingan, oyoklari yoʻqolib ketgan yoki oldingisi rudiment holda qolgan; terisi qattiq tangachalari yoʻq; koʻzi kichkina va teri bilan qoplangan, eshituv aʼzosi rivojlanmagan; bitta chap oʻpkasi bor. Yomgʻir chuvalchangi singari, yerni kov-lab tor yoʻl ochadi va toʻmtoq dumi bilan oldinga harakat qiladi. Shuning uchun ular ikki boshli kaltakesak deb ham yuritiladi. A.ning koʻp turlari chumo-li va termitlar uyasida yashaydi. Turli hasharotlar, qirqoyoq va yer ostida yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Tuxu-mini oʻz uyasiga yoki termit va chumolilar iniga qoʻyadi. Hirot, ibijara, chipor A. bu oilaning tipik vakili hisoblanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil