Amfiumalar (Amphiumidae) -dumli amfibiyalar turkumining oilasi. Ikki turi bor. Ular AQShning sharqiy qismida tarqalgan. Tanasi 1 m cha. Oyoklari va undagi 2-3 ta barmoqlari yaxshi rivojlanmagan. Kichkina koʻzlari yupqa teri ostida. 4 juft ichki jab-rasi va jabra yoriklari umrbod saqlanib qolgan, umuman chala itbaliq holida boʻladi. Ikki turi — ugorsimon A. (A. means) va uch barmoqli A. (A. tridactyla) sholipoya va koʻlmak suvlarda balchiqqa koʻmilib yoki botqoq yerlardagi uyasida yashaydi. A.- tungi hayvon. Turli umurtqasizlar, mayda baliklar bilan oziqlanadi. Yozning oxi-rida 40-150 tacha tuxum qoʻyadi. Itbaligʻi noyabrda tuxumdan chiqadi. Lichinkasi 4 yoshida jinsiy voyaga yetadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil