Amfora (lot. amphora, yun. am-phoreus — soʻzidan: amphi — ikki to-mondan, phero — koʻtarib boraman) — 458antik davrda ishlatilgan yuqori qismi keng, tag qismi va ogʻzi tor, ikki dasta-li, sopol, baʼzan metalldan tayyorlan-gan idish. Vino, yogʻ saqlash va tashishda, baʼzan ziyofatlarda bezatilgan A. turlaridan foydalanilgan. Boʻyama naqshlar, tasvirlar bilan bezatilgan, qadimgi va klassi-sizm davriga oid A.lar badiiy qimmatga ega. Arxeologik qazilmalar Oʻrta Osiyo hududida ham (jumladan, Surxondaryo hududida topilgan, miloddan avvalgi 3-2 a.ga mansub) A.simon idishlar tayyorlangan-ligini koʻrsatadi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil