Amfoterlik (yunoncha: amphoteros — ikkalasi; har ikkisi) — baʼzi element oksidlari va gidroksidlarining (amfolitlar deb ham ataladi) muhitga qarab ham kislota, ham asos xossalarini namoyon qilishi. Tipik amfoter birikma si-fatida suv molekulasini koʻrsatish mum

kin. Undagi kislotalik va asos (ishqor)lik xossalari reaksiyaga kirishuvchi ikkinchi tarkibiy qism xususiyatiga bogʻliq. Kuchli kislotalar bilan A. xosa-siga ega bulgan birikma asos holida va, aksincha, ishqorlar bilan kislota holida reaksiyaga kirishadi. Kuchsiz borat ks-lota oʻzidan kuchliroq ortofosfat kiso-ta bilan reaksiyaga kirishganda asos rolini bajarib, VRO4 tuzini hosil qiladi. Metall gidroksidlaridan A. alyuminiy, galliy, rux, qalay gidroksidlarda va boshqada uchraydi. Bulardan galliy gidroksidi suvdagi eritmasining kislotalik va asoslik xossalari jihatidan dissotsiyalanish konstantalari bir-biriga deyarli teng. Organik amfoter birikmalarga karboksil guruhlari boʻlgan aminokis-lotalar misol boʻla oladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil