AMICHI (Amici) Jovanni Battista (1786-yil 25-mart, Modena – 1863-yil 10-aprel, Florensiya) – italiyalik botanik va optik. Protoplazma harakatini (harasimon suv oʻtlari hujayrasida), barg ogʻizchalari tuzilishi va funksiyasini birinchi boʻlib tavsif etgan, chang naychasi va „murtak pufakchasi“ (tuxumhujayra)ni kuzatib, chang naychasining urugʻlanishdagi ahamiyatini tushuntirib bergan. Amichi mikroskopi takomillashtirilib, immersiya, yaʼni tekshirilayotgan narsa bilan mikroskop obyektivi oraligʻiga suyuqlik tomizish usulini ishlab chiqqan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil