Amigdalin, — glyukozidlar sin-figa mansub tabiiy organik birikma. Achchiq bodomda (2,5- 3,5%), shafto-li (2-3%), olxoʻri (1- 1,8%), olcha (0,8%) danagida, olma, nok urugʻida va boshqalarda boʻladi. A.- yaltiroq plastinka-simon modda. Suyuklashish temperaturasi 215°, suvda va qizdirilgan spirtda yaxshi eriydi. A.ning kislotalar hamda achchiq bodom mevasining suvdagi ekstraktida boʻladigan emulsin fermenti taʼsirida gidrolizlanishi natijasida D-glyukoza, benzaldegid va sianid kislota hosil boʻladi. A. odam ichagida fermentlar va bakteriyalar taʼsirida parchalanib, sia-nid kislotaga aylanadi va organizmning zaharlanishiga olib keladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil