Amil spirtlar – bir atomli toʻyingan spirtlar. Zichligi 814 kg/m3. Amil spirtlarning 8 ta izomeri bor. Ular orasida eng ahamiyatlisi izoamil spirtdir. Odatdagi sharoitda Amil spirtlarning hamma izomerlari suyuq boʻladi. Izoamil spirt rangsiz suyuqlik boʻlib, undan qoʻlansa hid keladi, qaynash temperaturasi 131,5°, suvda yomon erib, azeotrop aralashma hosil qiladi. Organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Amil spirtlar sivuxa moyidan olinadi. Ular sintetik usullar bilan ham hosil qilinadi. Amil spirtlar sulfat kislota bilan qizdirilganda oddiy amil efirlar hosil boʻladi. Izoamil spirtning murakkab efirlari, masalan, izoamilatsetat xushboʻy modda. U meva essensiyalari tayyorlashda va lok, boʻyoq ishlab chiqarishda erituvchi modda sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil