Amilatsetat — sirka kislotannig amil efiri. Xushboʻy, rangsiz suyuqlik, suyuqlanish temperaturasi — 75’, qaynash temperaturasi 149,2°, zichligi 875,3 kg/m3. Mol. m. 130,18. Amilatsetat sirka kislota bilan amil spirt konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qizdirilganida hosil boʻladi. Uning izomeri — izoamilatsetat „nok essensiyasi“ nomi bilan ichimliklar va qandolat tayyorlashda ishlatiladi. Texnikada nitrotsellyuloza uchun erituvchi sifatida (kinoplyonkalar, selluloid ishlab chiqarishda) foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil