Amilazalar – uglerodning 1- va 4-atomlari oʻrtasidagi glyukozid bogʻlarini parchalash yoʻli bilan kraxmal, glikogen va ularga yaqin polisaharidlar gidrolizini tezlashtiruvchi fermentlar. Uchta xili bor: a-amilaza hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlarda uchraydi; u ishtirok etadigan reaksiyalarda asosan dekstrinlar hosil boʻladi. (3-amilaza yuksak oʻsimliklarga xos boʻlib, maltoza va yirik molekulali dekstrinlar hosil boʻlishini tezlashtiradi. Glyukoamilaza hayvonlar koni, mogʻor zamburugʻlari, bakteriyalar va boshqalarda boʻlib, glyukoza va dekstrinlar hosil boʻlishini tezlashti-radi. Odatda polisaharidlar gidrolizida turli Amilazalar baravariga qatnashadi. Unib chiqqan arpa urugʻlari ekstrakti taʼsirida kraxmalning shakarlanishi (Amilazalarning fermentativ taʼsiri)ni rus akademigi K. S. Kirxgof birinchi marta tasvir etgan (1814). Amilazalarning fiziologik ahamiyati shuki, u hujayralardagi polisaharidlar zaxirasini safarbar qiladi (mas, urugʻ unayotganda). Ovkat hazm qilishda ham amilazalarning ahamiyati katta; hayvonlar hamda odamning soʻlagida va meʼda osti bezining shirasida amilazalar bor. Mikroorganizmlar kraxmalni isteʼmol qila turib, amilazalar chiqaradi. Mogʻor zamburugʻlari bilan bakteriyalardan olinadigan a-amilaza spirt sanoatida va non yopishda, glyuko-amilaza esa kraxmaldan glyukoza ishlab chiqarishda qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil