Amiloidoz
Amiloidoz — hujayradan tashqarida oqsillar almashinuvining buzilishi, oraliq toʻqimalarda anomal fibrillali murakkab oqsillar — amiloid hosil boʻlishi va toʻplanib qolishi; irsiy omilga bogʻliq; surunkali kasalliklar (masalan, osteomiyelit) va hokazo asorati sifatida yuzaga kelishi mumkin. Amiloidoz parenxima atrofiyasi, skleroz va aʼzolarning funksional yetishmovchiligiga olib keladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |