Amin Tarokh
Amin Tarokh (1953-yil 11-avgust – 2022-yil 24-sentyabr) – eronlik aktyor hisoblanib, u Crystal Simorgh va Hafez mukofotlari hamda boshqa bir qator mukofotlarga sazovor boʻlgan. Shuningdek, u aktyorlikdan dars bergan bo'lib, Taraneh Alidoosti, Gelareh Abbasi, Shabnam Moghaddami, Navid Pourfaraj, Pouria Rahimisam, Majid Vasheghani, Hedieh Bazvand va boshqa mashhur aktyorlarning ustozi hisoblanadi.
Amin Tarokh | |
---|---|
Tavalludi |
11-avgust 1953 Sheroz, Eron |
Vafoti |
24-sentyabr 2022-yil (69 yoshda) Tehron, Eron |
Fuqaroligi | Eron |
Kasbi | Aktyor |
Faoliyat yillari | 1973–2022 |
Turmush oʻrtogʻi | Mansoureh Shadmanesh |
Bolalari | 3 |
Early life
tahrirTarokh Sheroz viloyatida tug'ilgan bo'lib, shu yerda joylashgan o'rta maktabda o'qigan va bumaktabni tugatganidan so'ng Tehron universitetida tahsilni davom ettirgan.Mazkur Tehron universitetining madaniyat menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha o'qishni tamomlagan.Taroxning uch nafar o'g'il farzandi bo'lib, ularning ismi Nima, Mani va Namidir. Undan tashqari u Tehronda kasting ishlab chiqaruvchi kompaniyaning egasi ham hisoblanadi.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Amin Tarox Eron kino ma’lumotlar bazasida (manbalar) (Wayback Machine saytida July 13, 2015, sanasida arxivlangan)