Aminokapron kislota – organik kislota, rangsiz, achchiq taʼmli gigroskopik kristallar. Erish temperaturasi 202 – 203°. Mol.m. 131,18. Suvda yaxshi eriydi, odatdagi organik erituvchilarda erimaydi. Aminokapron kislota kaprolaktamni gidrolizlash yoʻli bilan olinadi. Lizin kabi baʼzi aminokislotalarni sintez qilishda ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil