Aminoplastlar, karbamid plastiklar – sintetik smolalar asosida tayyorlangan plastmassalar. Aminoplastlar formaldegid bilan aminoguruhli organik birikmalarning polikondensatlanishi natijasida hosil boʻladi. Aminoplastlar olishda to'ldiruvchi sifatida boshqa materiallar, masalan, yogʻoch qipigʻi, sellyuloza ishlatiladi. Aminoplastlarni har xil rangga boʻyash mumkin. Ulardan tayyorlangan buyumlar kuchsiz kislota va ishqorlar, surkov moylari, spirt, atseton, benzol, benzin, kerosin va boshqa erituvchilar ta’siriga chidamli, lekin kuchli kislota va ishqor ularni parchalaydi. Aminoplastlar elektr tokini oʻtkazmaydigan qoplovchi koshinlar tayyorlashda, turli buyumlarni yelimlashda ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil