Aminoqandlar, aminodezoksiqandlar — molekulasidagi bir yoki bir necha gidroksil guruhlar (aldozalardagi yarimatsetil yoki ketozalardagi yarimketaldan tashqari) oʻrniga almashingan yoki almashinmagan aminoguruhlar kiritilgan monosaharidlar. Aminoqandlar qaytaruvchilar boʻlib, qandlarga xos reaksiyalarga kirishadi, lekin asoslar xossalarini namoyon qiladi. Ular tabiatda keng tarqalgan, hayvonlar, oʻsimliklar va mikroorganizmlarning murakkab oqsillari, lipidlar, polisaharidlar, glyukozalar va boshqa tarkibida uchraydi, koʻpgina gormonlar, antibiotiklar va boshqa biologik muhim moddalar tarkibiga kiradi. Aminoqandlardan glyukozamin va galaktozaminlar keng tarqalgan. Koʻp aminoqandlar sintetik usulda olingan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil