Amir abdulloh (17-asr) — tarixchi olim. A. A. ashtarxoniy shahzodalardan Iskandar sultonning topshirigʻi bilan 419"Jome at-tavorix"ning bir qismi boʻlgan „Tarixi Gʻozoniy“ asarini fors tilidan turkiy tilga tarjima qilgan. Tarjima jarayonida asarni qisqartirib, buning hisobiga oʻzbek xonlaridan Abulxayrxon, uning avlodlari tarixi va Muhammad Shayboniyxon hukmronligining ilk davri tarixini qoʻshgan. Asar olimni ragʻbatlantirgan sulton nomi bilan „Is-kandarnoma“ deb nomlangan. Kitobning bir qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil