Amir Fayzulla
Amir Fayzulla (1945-yil 15-yanvar — 2020-yil 21-dekabr) — hindshunos tarjimon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi(2000), Hindistonning „Dr. Jorj Grirson“ xalqaro mukofoti sohibi (2020)[1][2][3].
Amir Fayzulla | |
---|---|
Tavalludi |
15-yanvar 1945-yil Gʻallaorol tumani, Jizzax viloyati |
Vafoti |
21.12.2020-y |
Fuqaroligi | UZB |
Millati | O'zbek |
Sohasi | tarjimon, hindshunos |
Mashhur ishlari |
„Mahobhorat“ „Mirzo G‘oliby“ „Bobur“ seriallari |
Tarjimai hol
tahrirAmir Fayzulla 1945 yil 15 yanvarda Gʻallaorol tumanida tugʻilgan. 1968 yili Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha hindshunos.
Faoliyati
tahrir- 1967-1971 yillarda G‘allaorol tumanidagi maktablarda o‘qituvchi;
- 1971-1975 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir;
- 1975-1990 yillarda „Progress“ nashriyotida bo‘lim mudiri;
- 1990-1994 yillarda „Xalq merosi“ nashriyotida muharrir;
- 1994-1997 yillarda „O‘zbekiston“ radiosida tarjimon;
- 1997-2020 yillarda „Jahon adabiyoti“ jurnalida yetakchi muharrir vazifalarida faoliyat yuritgan.
Tarjimalari
tahrirAmir Fayzulla Hindiston, Surinam, Gollandiya, Moskvada boʻlib oʻtgan ilmiy anjumanlar qatnashchisi. Hindiy, urdu va rus tillaridan oʻzbek tiliga 30dan ortiq roman va qissa, 400 seriyadan ortiq hind filmini oʻzbek tiliga tarjima qildi, yuzlab publitsistik va ilmiy-maʼrifiy maqolalar muallifi.
Hind tilidan oʻzbek tiliga tarjimalari
„Hind xalq ertaklari“, „Toʻtinoma“ va „Ayyor vazir“ nomli hind ertaklarini (1990), Krishan Chandar, Yashpal, Premchand, Bhisham Sahniyning hikoyalarini (1960-1987), „Otash nafaslar“ (1973), „Indiraning sovgʻasi“ hikoyalar toʻplamlarini (1989), Prem Chandning „Najot“ (1976), „Jang maydoni“ (1983), „Fidoyi“ (2003), „Sevgi inʼomi“ (2007), „Nirmala“ (2016), Jagdish Chandarning „Oʻz uyida begona“ (1980), Bhisham Sahniyning „Basantiy“ (1997), Krishan Chandarning „Bir qizga ming oshiq“ (2011) kabi romanlari va Kartar Singx Duggalning „Kuzning toʻlinoy kechasi“ (2000)o‘zbek tiliga o‘girgan.
Filmlar va seriallar
Yozuvchi hind, urdu va rus tillaridan o‘zbek tiliga 30 dan ortiq roman va qissa, 400 seriyadan ortiq hind filmlarini tarjima qilgan. Amir Fayzulla „Mahobhorat“ va „Ramayana“ kabi mashhur hind seriallari tarjimoni sifatida tanilgan. Shuningdek, „Sangam“, „Muqaddas qasam“, „Miskinlar homiysi“, „Gul va olov“, filmlarini o‘zbek tiliga o‘girgan[4].
Kitoblar
Amir Fayzulla o‘zbek tilidan hindiy va urdu tillariga ham o‘zbek adiblarining bir qancha asarini tarjima qilgan. Uning urdu tilida „O‘zbekiston shoirlari“ (1972), hind tilida esa „O‘zbek adabiyoti namunalari hind tilida“ (2014) to‘plamlari chop etilgan. Tarjimon Uvaysiy va Nodira sheʼrlarini ham hindchaga o‘girgan. Oxirgi yillarda Teodor Drayzerning „Sarmoyador“ asarini o‘zbekchaga tarjima qilgan[5].
Unvonlari
tahrir- O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi(1984);
- „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“ unvoni (2000);
- „Mustaqillikning 25 yilligi“ ko‘krak nishoni(2016);
- Tojikiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Badiiy fanlar universitetining faxriy doktori unvoni (2018);
- „Chet elda hindiy tilini o‘qitish, tashviqot va targ‘ibot etish sohasidagi muhim faoliyati uchun“ Hindiston davlati va Markaziy hindiy tili instituti tomonidan doktor Jorj Grirson nomidagi xalqaro mukofot (2020) bilan taqdirlangan.