Amirxon Umarov

taniqli boshlovchi , rejissyor, prodyuser, „Mening Yurtim“ telekanali ijrochi direktori , „Oltin qalam“ va „Oltin kabutar“ kabi mukofotlar sohibi va Oʻzbekistonda Turizm elchisi

Amirxon Umarov (1995-yil 21-yanvar, Toshkent shahri, Oʻzbekiston) — taniqli boshlovchi[1], rejissyor, prodyuser, „Mening Yurtim“ telekanali ijrochi direktori[2], „Oltin qalam“ va „Oltin kabutar“ kabi mukofotlar sohibi va Oʻzbekistonda Turizm elchisi. U, shuningdek, Markaziy Osiyoning eng yaxshi teleboshlovchisi deb topilgan[3]. “Makon” telekanali direktori va asoschisi.

Amirxon Umarov
Umarov Amirxon Nasim oʻgʻli
Tavalludi 21-yanvar 1995-yil (1995-01-21) (30 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston Jurnalistika va Ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Kasbi boshlovchi
rejissyor
prodyuser
Mukofotlari „Oltin qalam“
„Oltin kabutar“
„MY5 awards“
„Tahsin“
„Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni

Biografiyasi

tahrir

Amirxon Umarov 1995-yil 21-yanvar kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Onasi Oʻzbekiston Milliy teleradio kompaniyasida rejissyor sifatida ish olib borgan. Otasi „Toshkent Oliy Umumqoʻshin qoʻmondonlik“ bilim yurti polkovnik lavozimida ishlagan[manba kerak]. Umarov dastlab Toshkent shahridagi 227-maktabini, soʻngra Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejini bitirgan. Oliy taʼlimni „Oʻzbekiston Jurnalistika va Ommaviy kommunikatsiyalar universiteti“da olgan[4][5]. “Alfraganus” univetsiteti ambassadori va magistratura bosqichi talabasi.

“Makon” telekanali rahbari, tasischisi. O’zbekistondagi eng yosh media magnat hisoblanadi. Tijoriy reklamalarda xalq ishonchini qozongan, faoliyat yuritgan kompaniyalarga katta mijozlar auditoriyasini jalb qilgan qiyofa hisoblanadi.

Mukofotlari

tahrir

Amirxon Umarov „Oltin qalam“ milliy mukofoti. Markaziy Osiyoning eng yaxshi teleboshlovchisi[6], „Oltin kabutar“ mukofoti, „MY5 awards“ mukofoti, „Tahsin“ mukofoti, „Oʻzbekiston belgisi“ nishoni sohibi, „Yoshlar eʼtirofi mukofoti“ bilan taqdirlangan.

Tanqidlar

tahrir

Amirxon Umarov 2021-yil Booknomy bilan bogʻliq mashmashaga aralashib qolgan[7]. Ammo boshlovchi anglashmovchilik boʻlganini aytdi[8].

Manbalar

tahrir
  1. Administrator „Amirxon Umarov uylangani va farzandi borligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi“ (uz-UZ). Buxoroisharif.uz (2021-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  2. „Телебошловчи Амирхон Умаров «Менинг Юртим» телеканали ижрочи директори бўлди“ (uz). Ўзбекистон янгиликлари, энг сўнгги тезкор хабарлар ✅ - EVERYDAY.UZ. 2024-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  3. „Qashqadaryodagi “Yoshlar turizmi” qurultoyidan nimalar kutilmoqda - 03.08.2022, Sputnik O‘zbekiston“ (uz). oz.sputniknews.uz. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  4. Amirxon Umarov Xayoti va Ijodi BIOGRAFIYASI//Амирхон Умаров Хаёти ва Ижоди БИОГРАФИЯСИ (inglizcha), qaraldi: 2024-03-01
  5. „Амирхон Умаров прокомментировал слухи о своей женитьбе, и о том, что стал отцом“ (ru). Repost. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  6. „HUDUD - MY5 TV | rasmiy kanal“. Telegram. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  7. Aniq.uz „"Виждонинг борми, Амирхон Умаров? Нега бизни алдайсан?". Хоразмлик оила мурожаат билан чиқди (ВИДЕО)“ (oz). Aniq.uz (2021-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  8. „Амирхон Умаров ютуқли ўйинда ғирромликка йўл қўйгани тўғрисидаги хабарга муносабат билдирди — видео“ (uz). Teznews. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.

Havolalar

tahrir