Amirzoda Muhammad sulton madrasasi


Amirzoda Muhammad sulton madrasasi — Samarqand madrasasi.

Madrasa
Amirzoda Muhammad sulton madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Muhammad sulton ibn Jahongir Mirzo
Homiylar Muhammad sulton ibn Jahongir Mirzo
Binokorlik 1401-yil—???
Holati Saqlanib qolmagan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Tarixi

tahrir

Amirzoda Muhammad sulton madrasasi (Muhammad sulton madrasasi) 1401-yilda Amir Temurning nevarasi Muhammad sulton ibn Jahongir Mirzo tomonidan bunyod etilgan. Mazkur madrasa Samarqandning gʻarbida, Amir Temur tomonidan bunyod etilgan Ark-Koʻksaroyda, Ruhobod maqbarasining yon tomonida joylashgan. Amirzoda Muhammad sulton madrasasi Toshqoʻrgʻon-Chaqar mavzesida boʻlgan. Madrasa Goʻri Amir majmuasining tarkibidadir. U joylashgan mavjuma bir nechta meʼmoriy inshootlardan iborat. Muhammad sulton madrasa uchun koʻplab vaqf mulklari ajratgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlar va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Buxorodagi Ulugʻbek madrasasi vaqf hujjatida ayrim mulklar Muhammad sultonga tegishli doʻkonlar bilan birga qoʻshni boʻlgan. Madrasa Samarqand shahridagi 4-darajali oliy toifaga mansub boʻlgan. Bugungi kunda madrasaning gʻishtin poydevorlari saqlanib qolingan. Olim Abdusattor Jumanazar fikriga koʻra, madrasa agar bir qavatli boʻlsa 12, ikki qavatli boʻlsa 24 yoki 26 hujrali boʻlgan. Amirzoda Muhammad sulton madrasasida Jamoliddin Ahmad al-Xorazmiy talabalarga bilim bergan. Muhammad Sulton madrasasi XVI asrda ilm ahliga xizmat qilgan[1]. Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzining „Boburnoma“ asarida shunday maʼlumot yozib qoldirgan: "Temurbekning nabirasi, Jahongir Mirzoning oʻgʻli Muhammad Sulton Mirzo Samarqandning Toshqoʻrgʻoni-Chaqarda bir madrasa solibdur. Temurbekning qabri va avlodidan har kimki Samarqandda podshohlik qilubtur alarning qabri ul madrasadadur". Madrasa Goʻri Amir madrasasi roparasida qurilgan va madrasa va xonaqohning eshigi bitta boʻlgan. Madrasa darvoza peshtoqini Muhammad ibn Mahmud Isfaxoniy nastaʼliq xati bilan yozgan. G.A Pugachenkova fikriga koʻra madrasa harbiy boshqaruv va davlat maʼmuriyati uchun mutaxasislar tayyorlagan. Madrasa asosan nufuzli amir-amaldorlarga moʻljallangan[2].

Meʼmorchiligi

tahrir

Amirzoda Muhammad sulton madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasaning hozirgi kunda faqat poydevori qoldiqlari saqlanib qolgan.

Manbalar

tahrir
  1. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet. 
  2. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208-bet.