Amirzoda maqbarasi
Amirzoda maqbarasi — Samarqanddagi Shohizinda maqbaralaridan biri (14-asr). Maqbara, dafn etilgan shaxsning ismi maʼ-lum boʻlmasada, shartli ravishda A. maqbarasi deb ataladi. Maqbara peshtoqidagi hoshiyalar orasidagi yozuvda Amirzodaning oʻlgan yiligina (1386) koʻrsatilgan. Maqbaraning asosi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (10x9,2 m). Poygum-baz sakkiz qirrali, gumbazi qobirgʻali. Peshtoqni murakkab islimiy va girih naqshlaridan iborat sirkor parchin va arab yozuvlari bezaydi. Maqbaraning ichi oʻziga xos hashamatli va shinam. Devorlari ganch bilan suvalgan, tokcha, gumbaz osti-dagi ravoqchalar bezagi sodda.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |