Ammoniylashuv, ammonifika-siya (ammoniy va lot. facio — qilaman) — azotli organik moddalarning ammiak ajratib parchalanish jarayoni. Tuproqda azotli moddalarning koʻpchiligi (99%) oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydigan (gumus, organik oʻgʻitlar, oʻsimliklar qoldiqlari, hayvonot va mikroorga-nizmlar qoldiklari) holda boʻladi. A. jarayoni natijasida ular oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan holga keladi. Oqsil moddalar tuproqda chirituvchi bakteriyalar, shuningdek aktinomitsetlar va mogʻor zamburugʻlar taʼsirida parchalanib, am-miak hosil qiladi. Ammiak A. davrida paydo boʻlgan oddiy kislotalar bilan birga reaksiyaga kirishib, ammoniyning suvda oson eriydigan tuzlarini hosil qiladi. Ammoniyning bunday shakldagi turlarini oʻsimliklar oson oʻzlashtiradi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil