Ammoniy karbonat
Ammoniy karbonat – karbonat kislotaning ammoniyli tuzi. Rangsiz kristall modda. Juda beqaror, uy temperaturasidayoq oʻzidan ammiakni ajratib chiqarib gidrokarbonatga aylanadi, 58° gacha qizdirilganda ammiak, karbonat angidrid va suvga parchalanadi. Ammoniy karbonat toʻqimachilikda, tibbiyotda ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |