Amorg va Sparetra
"Amorg va Sparetra" – Shakpardagi vatanparvarlik va qahramonlik qissasi (taxminan mil. av. 6-asr oʻrtalarida) yaratilgan. Shaklar shohi Amorg va uning rafiqasi Sparetra sarguzashtlari hikoya qilinadi. Eron hukmdori Kir shaklar eliga bostirib kirib, Amorgni asir oladi. Bundan xabar topgan Sparetra barcha shaklarni qoʻl ostiga bir-lashtiradi. Uning qoʻshinida uch ming erkak va koʻplab jangovar ayollar ham boʻlgan. Sparetra qoʻshini jangda Kir lashkarlarini yenggach, asirlar ayirbosh qilinadi va Amorg tutqunlikdan ozod etiladi. Qissa ezgulikning gʻalabasi, yovuzlikning mahv etilishi bilan yakunlangan. Unda qaqramonlik gʻoyasi muhabbat va sadoqat gʻoyalari bilan chatishib ketgan. „Amorg va Sparetra“ning syujeti va ohangi ertak va dostonlarnikiga oʻxshash boʻlsada, mazmuni tarixiy voqealar asosida yaratilgan. „Amorg va Sparetra“ning mazmuni yunon tarixchilari Ktesiy va boshqalarning asarlari orqali bizgacha yetib kelgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |