Ampitsillin (Ampicillinum) - yarim sintetik antibiotik, nafas yo'llarining turli yuqumli kasalliklarini (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, tonzillit), siydik yo'llari, jigar va oshqozon-ichak traktini davolash uchun ishlatiladi. U birinchi marta 1961-yilda Britaniyaning Beecham kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va foydalanishga topshirilgan.

Oq rangli mayda kristalli kukun, achchiq ta'mga ega; kislotali muhitda barqaror. Suvda ozgina eriydi, spirtda amalda erimaydi.

6-aminopenitsillan kislotasining aminofenilatsetik kislota qoldig'i bilan atsillanishi natijasida olingan.

Ta'sir mexanizmi penitsillinga o'xshaydi - hujayra devorining peptidoglikan sintezida ishtirok etadigan transpeptidazaning qaytarilmas inhibitori.

Preparat oshqozonning kislotali muhitida parchalanib ketmaydi, og'iz orqali qabul qilinganda yaxshi so'riladi. Benzilpenitsillin ta'sir qiladigan gram-musbat mikroorganizmlarga qarshi faollikka ega. Bundan tashqari, u bir qator gramm-manfiy mikroorganizmlarga ham ta'sir qiladi (Salmonella, Shigella, Proteus, Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae (Fridlender tayoqchasi), Pfaiffer tayoqchasi (gripp tayoqchasi)) va shuning uchun keng spektrli antibiotik hisoblanadi va aralash infektsiyadan kelib chiqqan kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi[1]. Benzilpenitsillinga chidamli bo'lgan va penitsillinaza hosil qiluvchi stafilokokklarga ampitsillin ta'sir qilmaydi, chunki preparat penitsillinaza tomonidan oson yo'q qilinadi.

Ampitsillin peroral antikoagulyantlarining ta'sirini kuchaytiradi.

Penitsillinga yuqori sezuvchanlik bo'lganda foydalanish ta'qiqlanadi.

TarixiTahrirlash

Ampitsillin 1961-yildan beri bakterial infektsiyalarni davolashda keng qo'llaniladi. Britaniyaning Beecham kompaniyasi tomonidan ampitsillin kiritilishidan oldin penitsillin terapiyasi faqat stafilokokklar va streptokokklar kabi gram-musbat organizmlarga qarshi samarali bo'lgan. Ampitsillin (dastlab Penbritin brendi ostida) Haemophilus influenzae, E. coli va Proteus kabi gram-manfiy organizmlarga qarshi faollik ko'rsatadi.

HavolalarTahrirlash

EslatmalarTahrirlash

  1. „Энциклопедия лекарств“. Регистр лекарственных средств России. 21-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-yanvar 2010-yil.