Amplidin
Amplidin (lot. „amplisico“ – „kuchaytiraman“ va yun. „dumanis“ – „kuch“), elektr mashina kuchaytirgichi – birlamchi chulgʻamga beriladigan signal quvvatini birlamchi dvigatel energiyasi hisobiga kuchaytiruvchi elektr mashina (oʻzgarmas tok generatori). Uygʻotish zanjirida quvvatning kichik (Vt ulushida) oʻzgarishi tok zanjiridagi quvvatning ancha (bir necha kVt) oʻzgarishiga olib keladi. Amplidin oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok generatorining kuchlanishini rostlashda, avtomatik boshqarish va rostlash tizimlarida keng ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |