Amplituda-chastota harakteristikasi
Amplituda-chastota xarakteristikasi – elektr zanjiri orqali signallar uzatish jarayonida sinusoidal tebranish amplitudasining uning chastotasiga bogʻlanishidir. Aloqa kanali, kuchaytirgich va elektr zanjirlarning ish sifatini koʻrsatuvchi muhim koʻrsatkich hisoblanadi. Amplituda-chastota harakteristikasi koʻpincha qisqacha qilib chastota harakteristikasi deyiladi. Amplituda-chastota harakteristikasi grafik koʻrinishida quyidagicha boʻladi: ordinata oʻqiga amplituda, abssissa oʻqiga chastota joylashtiriladi. Elektrotexnika, radio-elektronika va texnikaning boshqa sohalarida amplituda-chastota harakteristikasi boʻyicha turli parametrlar aniqlanadi. Bu parametrlarga qarab asbob, qurilmalarning ishlashi toʻgʻrisida xulosa chiqarish mumkin.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |