Amr bin Usmon Makkiy

Tasavvuf shayxi

Amr bin Usmon Makkiy (909-yilda vafot etgan) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Abdulloh. Junayd Bagʻdodiy va Abu Said Xarrozning yaqin maslakdoshi. Abu Yaʼqub Nahrajuriy qoʻlidan xirqa kiygan. Abulhusayn bin Hind Forsiy, Ali Sahl, Abu Abdulloh Nabojiy, Abu Said Aʼrobiy bilan suhbatda boʻlgan. Shayx Ismoil Qassor, Najmiddin Kubro, Majdiddin Bagʻdodiyning xirqa silsilasi uning nomi bilan bogʻliq. Asli yamanlik boʻlib, bir muddat Makkada yashagan. Muʼtaziliylar uni kalom ilmining tarafdori sifatida ayblab, shahardan surgun qiladi. Bir muddat Jidda shahrida qozilik qilgan. Ibn Javziy uning Bagʻdod shahrida vafot etganligini aytadi. Husayn bin Mansur Halloj­ga ustozlik qilgan. “Tazkirat ul-avliyo”da Hallojning vafotiga ustozining qargʻishi sabab boʻlganligi keltirilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 

Havolalar

tahrir