Amritsar tumani
Amritsar tumani Hindistonning Panjob shtatidagi yigirma uchta tumandan biridir. Panjobning Majha viloyatida joylashgan Amritsar shahri ushbu tuumanning markazi.
Amritsar tumani | |
---|---|
Panjob tumanlari | |
31°35′0″N 74°59′0″E / 31.58333°N 74.98333°E | |
Mamlakat | Hindiston |
Aholisi (2011) |
2 490 656 |
|
2011-yil holatiga koʻra, bu Ludhianadan keyin ikkinchi oʻrinda turuvchi Panjobning eng gavjum tumani.
Tarixi
tahrirBritaniya hukmronligi davrida Amritsar okrugi Lahor diviziyasining bir qismi boʻlgan va maʼmuriy jihatdan uchga boʻlingan Amritsar, Ajnala va Tarn Taran[1]. Biroq, Hindistonning boʻlinishi doirasida (1947-yil) Amritsar boshqa boʻlinmalardan ajratildi va Hindistonga berildi. Ammo Patti va Khem Karan kabi baʼzi qismlar Lahor tumaniga toʻgʻri keladi. Shunga qaramay, boʻlinish tufayli bu shaharlar Amritsar tumanining bir qismiga aylandi. Boʻlinish davrida tumanning musulmon aholisi, taxminan 46 %i Pokistonga joʻnab ketdi. 1947-yilga qadar Amritsar tumanida sikxlar va hindular (37 % va 15,38 %) aholining taxminan 52 % ni tashkil etgan.
Iqlimi
tahrirAmritsar shimoli-gʻarbiy Hindistonga xos boʻlgan yarim qurgʻoqchil iqlimga ega. Bu hududda toʻrt fasl hukm suradi; qish fasli (dekabrdan martgacha, harorat −1 °C (30 °F) gacha tushishi mumkin), yoz fasli (apreldan iyungacha), harorat 45 °C (113 °F) darajaga yetishi mumkin, musson fasli (iyuldan sentyabrgacha) va mussondan keyingi mavsum (oktyabrdan noyabrgacha). Yillik yogʻingarchilik taxminan 703.4 millimetr (27.7 in)[2]. Eng past harorat 1996-yil 9-dekabrda qayd etilgan −3.6 °C (25.5 °F), eng yuqori harorat esa 1995-yil 9-iyunda qayd etilgan 47.8 °C (118.0 °F)[3]. Shaharning ob-havo stantsiyasi Rajasansi shahridagi fuqarolik aerodromidir.
Demografiyasi
tahrirYil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1901 | 764 821 | — |
1911 | 657 936 | −14.0% |
1921 | 694 261 | +5.5% |
1931 | 834 497 | +20.2% |
1941 | 1 044 457 | +25.2% |
1951 | 880 667 | −15.7% |
1961 | 1 010 093 | +14.7% |
1971 | 1 209 374 | +19.7% |
1981 | 1 460 497 | +20.8% |
1991 | 1 698 090 | +16.3% |
2001 | 2 157 020 | +27.0% |
2011 | 2 490 656 | +15.5% |
2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Amritsar tumanida 2,490,656 aholi istiqomat qiladi[4]. Bu taxminan Quvayt[5] yoki AQShning Nevada shtatiga teng[6]. Amritsar tumanida savodlilar soni 1684770 (67,6 %) nafarni tashkil etadi. Shundan savodli erkaklar 932981 nafar (70,8 %), ayollar 751789 (64,1 %) nafar. Tumanning samarali 7+ savodxonligi 76,27 % ni tashkil qiladi. bu hududda har 1000 erkakka 889 ayol toʻgʻri keladi[4]. 2011-yilda tumanda 488 898 ta xonadon mavjud boʻlgan[4].
Din
tahrirAmritsardagi dinlar (2011)[7] | ||||
---|---|---|---|---|
Religion | Percent | |||
Sikhizm | 68.94% | |||
Hinduiylik | 27.74% | |||
Nasroniylik | 2.18% | |||
Islom | 0.50% | |||
boshqa | 0.64% | |||
2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, sikxlar aholining qariyb 69 foizini, hinduiylar esa 28 foizini tashkil qiladi, kichik ozchilik xristianlar (2 foiz) va musulmonlardir. Qishloq joylarda sikxlar (90 % dan ortiq) ustunlik qiladi, shaharlarda esa hinduiylar va sikxlar deyarli teng. Xristianlik, ayniqsa, dalitlar orasida tez sur’atlar bilan oʻsib bormoqda, bir paytlar tumanda asosiy din boʻlgan Islom hozirda sustlashgan[7].
Din | Aholisi (1941)[8] :42 | Foiz (1941) | Aholi (2011)[7] | Foiz (2011) |
---|---|---|---|---|
Islom | 657 695 | 46.52% | 12 502 | 0.5% |
sikxizm | 510 845 | 36.13% | 1 716 935 | 68.94% |
Hinduizm [izoh 1] | 217 431 | 15.38% | 690 939 | 27.74% |
Xristianlik | 25 330 | 1.79% | 54 344 | 2.18% |
Boshqalar [lower-alpha 2] | 2575 | 0.18% | 15 936 | 0.64% |
Jami aholi soni | 1 413 876 | 100% | 2 490 656 | 100% |
Tillar
tahrir2011-yilgi aholini roʻyxatga olish vaqtida aholining 94,30 % panjob va 4,80 % hind tilini birinchi til hisoblanadi. Hind tilida soʻzlashuvchilar deyarli barchasi shaharlarda yashaydi[9].
Manbalar
tahrir- ↑ „Imperial Gazetteer2 of India, Volume 5, page 319 -- Imperial Gazetteer of India -- Digital South Asia Library“.
- ↑ „Amritsar Climate Normals 1981-2010“. Indian Meteorological Department, Pune. Qaraldi: 31-mart 2020-yil.
- ↑ „Amritsar Climate Normals 1981-2010“. Indian Meteorological Department, Pune. Qaraldi: 31-mart 2020-yil.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Census of India: Amritsar district“. censusindia.gov.in. Qaraldi: 12-oktyabr 2019-yil.
- ↑ US Directorate of Intelligence. „Country Comparison:Population“. — „Kuwait 2,595,62“. 2007-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-oktyabr 2011-yil.
- ↑ „2010 Resident Population Data“. U. S. Census Bureau. — „Nevada 2,700,551“. 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2011-yil.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 „Table C-01 Population by Religious Community: Punjab“. censusindia.gov.in. Registrar General and Census Commissioner of India.
- ↑ „CENSUS OF INDIA, 1941 VOLUME VI PUNJAB PROVINCE“. Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
- ↑ „Table C-16 Population by Mother Tongue: Punjab“. censusindia.gov.in. Registrar General and Census Commissioner of India.
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/>
tag was found
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/>
tag was found