Amshey Markovich Nyurenberg (1887-yil 5-aprel, Xerson guberniyasi, Rossiya imperiyasi – 1979-yil 10-yanvar, Moskva, SSSR) – sovet rassomi, sanʼatshunos. U butun umri davomida sanʼat uslublarining modernizmdan realizmgacha turli xil yoʻnalishlarida sanʼat asarlari yaratgan[1].

Amshey Nyurenberg
Tavalludi 1887-yil 5-aprel
Xerson guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafoti

1979-yil 10-yanvar
Moskva,

SSSR
Fuqaroligi sovet
Taʼlimi M. B. Grekov nomidagi Odessa san'at instituti

Hayoti

tahrir

1887-yil 21-aprelda Xerson guberniyasida yahudiy oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi guberniyadagi baliq doʻkonining egalaridan biri boʻlgan. Amshey oilasidagi 10 ta farzandning eng kattasi boʻlgan.

1905-yilda u Xersondagi oʻrta maktabni tugatgan, u yerda Ilya Repinning shogirdi Feodosius Kozachinskiydan chizmachilik saboqlarini olgan[2].

1905—1911-yillarda M. B. Gerkov nomidagi Odessa sanʼat institutida professor Kiriak Kostandining shogirdi boʻlgan[3].

1911—1913-yillarda Parijda yashab, u yerda xususiy sanʼat institutlarida tahsil olgan. Rus tilidagi sotsial-demokratik Parijskiy vestnik gazetasida badiiy muxbir boʻlib ishlagan. Bir yil davomida u Danzigdagi La Ruche studiyasida Mark Chagall bilan birga yashab, ishlagan.

1913-yilda u Xersonga qaytib kelgan va u yerda oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

1915-yilda u Odessaga koʻchib oʻtgan va keyinchalik Parijskiy vestnik deb nomlangan bir guruh rassomlarni yigʻgan.

1915-yilda u balerina Polina Mamichevaga (1894—1978) uylangan.

1919-yilda u Sanʼat va qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish qoʻmitasining boshligʻi etib tayinlangan[4].

1919—1920-yillarda Xersondagi birinchi sovet gazetasi Krasnaya derevnya ning bosh muharriri boʻlgan.

1920-yilda u Moskvaga koʻchib oʻtgan va u yerda Vladimir Mayakovskiy, Ivan Malyutin va Mixail Cheremnyx bilan tanishgan.

1921—1922-yillarda u Viktor Midler va xotini Polina Mamicheva bilan birgalikda tarix va madaniyat yodgorliklarini restavratsiya qilishni tashkil etish maqsadida Oʻzbekistonda xizmat safarida boʻlgan[5].

1922-yilda u 1921-yilda rassomlar Samuil Adlivankin, Georgiy Ryajskiy, Aleksandr Gluskin va Mixail Perutskiy tomonidan tashkil etilgan Novomu obshestvu jivopistsev rassomlar uyushmasiga qoʻshilgan.

1923-yilda Nina ismli qizi tugʻilgan, keyinchalik uning qizi qoʻshiqchi, SSSRdagi Katta teatrining solisti boʻlib yetishgan.

1924—1926-yillarda – Pravda gazetasining birinchi badiiy sharhlovchisi boʻlib ishlagan.

1930-yillarda SSSR Rassomlar uyushmasini tashkil etishda qatnashgan.

1941—1943-yillarda urush sababli Toshkentga koʻchib kelgan. Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasida ishlagan.

1943-yilda u Moskvaga qaytib keldi va u yerda Muzeya Revolyutsii muzeyida ishlagan[6].

1979-yil 10-yanvarda 91 yoshida Moskvada vafot etgan. U Vagankovskoye qabristoniga dafn qilingan.

Amshey Nyurenbergning saqlanib qolgan asarlarining aksariyati Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyida saqlanib kelmoqda[7].

Manbalar

tahrir
  1. „Музей И. В. Савицкого, Нукус“.
  2. „История музея на официальном сайте“. 2012-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-oktyabr.
  3. „О фильме «Жемчужина Узбекистана“.
  4. „А. Аджамов. Нукусский музей: Кладовая искусства в эпицентре долгой беды“.
  5. F. F. Abduxalikov, K. B. Akilova, M. M. Babanazarova, M. A. Karlibaev, I. O. Novitskiy, P. Xajametova. „Kulturnoe nasledie Uzbekistana. Sobranie Gosudarstvennogo muzeya iskusstv Respubliki Karakalpakstan imeni I. V. Savitskogo“
  6. „Сафо Ибрат. В музее искусств Нукуса под пейзажем обнаружен портрет“.
  7. „Государственный музей искусств имени И. В. Савицкого“.