Amu (roman)
Amu — oʻzbek yozuvchisi Asqad Muxtor qalamiga mansub roman. 1986-yil Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr etilgan. Asar voqealari Afgʻoniston hududida kechadi. Asarda Sovet Ittifoqi tomonidan Afgʻonistonga xizmat safariga yuborilgan oʻzbek irrigatorining taqdiri va uning atrofida kechadigan voealar markaziy oʻrinni egallaydi. Romanda oʻz hududlarini sugʻorishda, choʻlquvarlikda Amudaryo suvlaridan foydalanayotgan sovet irrigatorlarining yutuqlari ulugʻlanadi. Bundan tashqari asarda afgʻonistonliklarga katta vaʼdalar berib, oxir-oqibat aldab ketuvchi ingliz irrigatori obrazi ham bor, u Britaniya josusi sifatida tasvirlangan.
Muallif(lar) | Asqad Muxtor |
---|---|
Muharrir(lar) | S. Rahmonov |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1986-yil |
Sahifalar soni | 320 bet |
Asosiy qahramonlar
tahrir- Sobirjon/Sobir Toʻxtaboyev (oʻzbek gidrogeolog irrigatori)
- Gʻulomali Korgar (afgʻonistonlik irrigator, Sobirjonning doʻsti)
- Doktor Suhayl (afgʻonistonlik olim)
- Avrangzeb (doktor Suhaylning oʻgʻli, mujohidlar toʻdasiga qoʻshilib qoladi)
- Ronald Bayrsbi (ingliz irrigatori, josus)
- Zulayho (Sobirjon sevgan qiz)
Havolalar
tahrir1. „Асқад Мухтор. Аму (роман)“. 2. „Amu: roman“. 3. „Аму : роман / Amu : roman“. 4. „Amu : roman / Asqad Mukhtor.“.