Amursana
Amursana (1722 — 1757) — Mon-goliyada 1755 — 58 yillardagi manjurlarga qarshi milliy ozodlik kurashi rahbarlaridan biri. Jungʻor (oyrat) xonligidagi mulkdorlardan, oʻrta hol oyrat aristokrat oilasidan. Galdan Se-renxon (1727 — 45) vafotidan soʻng tax-tni egallash uchun harakat qilgan, biroq boshqa daʼvogarlarning qarshiligiga duch kelib, Pekinga qochgan. Mongol ozodlik harakatining soʻnggi oʻchogʻi — Jungʻor (oyrat) xonligini tugatishdan manfaatdor boʻlgan manjurlar sulolasi A.ga yordam berish ni-qobi ostida Jungʻoriyaga katta armiya yuborgan va mam-lakatni bosib olgan (1755). Manjurlardan aldanganiga ishonch hosil qilgan A. Xalxa va Jungʻoriyadagi manjurlarga qarshi koʻtarilgan ozodlik harakatiga qoʻshilgan va Jungʻoriyada amalda uning rahbari boʻlgan, Xalxadagi qoʻzgʻolonni boshqargan Chingunjab bilan birga harakat qilgan. Uch yillik ozodlik kurashi nati-jasida qoʻzgʻolon 1758-yil manjurlar to-monidan shafqatsiz bostirilgan. Mon-gol xalqi ikki asrdan ortiq manjurlar asorati ostida qolgan. A. 1757-yil Rossiya hududiga qochib oʻtgan va bir oz vaqtdan soʻng chechak kasalidan vafot etgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |