Amvrosiy Maksimilianovich Buchma (1891.14.3, Lvov 1957.6.1, Kiyev) — ukrain aktyori, rejissyor, pedagog, jamoat arbobi. Ukraina professional teatri asoschilaridan. Sahna faoliyatini 1905-yildan boshlagan. 1936-57 yillar Franko nomidagi teatrda ishlagan. Mashhur rollari: Krechet („Platon Krechet“), Jeleznoye („Vassa Jeleznova“), Ivan Kolomiysev („Soʻnggilar“), Makar Dubrava („Makar Dubrava“) va boshqa Kinolarda ham suratga tushgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil