Anabar
Anabar — Saxa (Yakutiya) Respubli-kasidagi daryo. Uzunligi 939 km, havzasining maydoni 100 ming km². Oʻrta Sibir yassi-togʻligining shimolidan boshlanib, dastlab tilogʻochli oʻrmon-tundradan oqadi. Quyi oqimida A. vodiysi kengayadi va Shimoliy Sibir pasttekisligini kesib oʻtib, Laptevlar dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 610 m³/sek. Sentabr oxirida muz-lab, iyun boshlarida muzdan boʻshaydi. Katta irmoqlari: Kichik Kuonamka va Uja. A.da ryapushka, omul kabi baliklar bor. Quyi qismida kema qatnaydi. A. havzasida olmos konlari topilgan.
Anabar | |
---|---|
[[Tasvir:|250px|]] | |
Tavsif | |
Uzunligi | 939 |
Maydoni | 100 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Mintaqa | Saxa |
Anabar |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |