Anadir (chukcha tili: Йъаайваам) — Rossiya Federatsiyasining Magadan viloyati Chukotka muxtor okrugidagi daryo. Uzunligi 1150 km. Havzasining maydoni 191 ming km². Anadir yassi togʻligidan boshlanib, Bering dengizining Anadir qoʻltigʻiga quyiladi. Bosh qismida togʻlar orasidan, quyirokda tekislikdan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 1680 m³/sek. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Qishda muzlaydi. Eng katta irmoqlari: chapdan — Belaya, Tanyurer, oʻngdan — Yablon, Yeropol, Mayn. A.da 570 km masofada kema qatnaydi. Quyi oqimida baliq ovlanadi. 1648-yilda sayyoh S. I. Dejnyov A.ning quyilish yerigacha yetib borgan.
Anadir
|
---|
|
Tavsif
|
---|
Uzunligi
|
1 150 km
|
Maydoni
|
191 000 km²
|
Suv sarfi
|
m³/s
|
Joylashuvi
|
---|
|
Davlat
|
Rossiya
|
Anadir
|
---|