Anaerob infeksiya
Anaerob infeksiya (gaz-li infeksiya, gazli flegmona, xavfli shish) — jarohatlarning faqat kislo-rodsiz muhitda koʻpayadigan kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblar — anaeroblar bilan zararlanishi; koʻpincha jarohatlarga (asosan oyoq va dumbadagi) tuproq tushi-shidan paydo boʻladi, chunki tuproqda deyarli har doim Anaerob infeksiya qoʻzgʻatuvchilari saqlanadi. Majaqlangan yoki ezilgan toʻqimalar koʻproq za-rarlanadi, chunki qon tomirlarga shikayet yetishi sabab-li jarohatlangan joyga kislorodga toʻyingan qon (arterial qon) kelishi toʻxtab qoladi. Anaerob infeksiyada yumshoq toʻqimalar tez shishib, unda gaz pufakchalari hosil boʻladi, keyinchalik toʻqimalar oʻladi (qarang Gangrena). A.ning dastlabki belgilari: jarohat ogʻriydi, toʻqimalar koʻpchib ke-tayotgandek tuyuladi, shish keladi, 1 — 2 kundan keyin gavda temperaturasi koʻtariladi. Anaerob infeksiya juda xavfli, shuning uchun bemorni darhol kasalxonaga yotqizish kerak.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |