Anaerobioz (yun. an — inkor qoʻshimchasi, ayer — havo va bios — hayot) — organizmlarning erkin kislorod boʻlmagan muhitda hayot kechira olishi. A. tushunchasini 1861-yilda L. Paster ki-ritgan. Hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan energiyani anorganik (mas, nitratlar va sulfatlar) yoki organik moddalar (mas, uglevodlar)ni parchalab oladigan anaerob organizmlar uchun A. odatdagi yashash muhitidir. Tez oʻsadigan embrion hujayralari va oʻsmalar hujayralarida anaerob jarayonlar sogʻlom organizmning normal hujayralaridagiga nisbatan kuchliroq kechadi. A.ning biologik mazmuni shundan iboratki, anaeroblar havosiz, yaʼni aeroblar yashay olmaydigan muhitdagi organik substratlardan foydalanish qobiliyatiga ega (qarang Aerobioz). Tabiiy substratlar, yaʼni tuproq, suv va boshqalarda hamisha maʼlum miqdorda havo boʻladi. Shunga koʻra, anaerob organizmlar havo kislorodining oksidlovchilik taʼsi-ridan himoyalanishga harakat qiladi. Ular kislorodni neytrallovchi moddalar ajratadi. Gʻovaklari havo bilan toʻlgan yumshoq tuproqlarda anaeroblar ri-vojlanadigan ayrim joylar — mikro-zonalar boʻlishi mumkin. Ularga yonma-yon joylashgan aeroblar kislorodni oʻzlashtirib va reduksiyalovchi (tiklovchi) modda ajratib, anaeroblar uchun sha-roit yaratadi. Mas, bedapoya chimqirqar ikki yarusli plug bilan chuqur (40 sm) qilib haydalganda, bedaning asosiy ildiz mas-sasi va boshqa qoldiqlari tuproqning anae-robli qatlamiga koʻmilib, u yerda organik moddalarning minerallanish jarayoni boradi. Bu jarayon tufayli tuproq mi-kroflorasining hayot faoliyati va chirindi toʻplanishi uchun eng qulay sharoit vu-judga keladi, tuproq unumdorligi uzoq, muddat saqlanib turadi. Tuproqni bun-472day ishlash tizimi ekin hosilini ancha oshiradi. Anaerob ja-rayonlarning kechi-shi (bijgʻish, chirish) tabiatda moddalar aplanishiaa katta ahamiyatga ega. Rustam Shodmonov.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil