Anafilaksiya (yun. anaphylaxia — himoyasizlik) — organizmga paren-teral yoʻl orqali yuborilgan antigenga nisbatan sezuvchanlikning ortishi bilan ifodalanadigan allergik reaksiya. Umu-miy yoki mahalliy reaksiya (mas, teri-da) koʻrinishida namoyon boʻladi. Yaqqol koʻrinib turgan umumiy reaksiya anafi-laktik shok deyiladi. Anafilaktik shokning asosiy belgilari: nafas olish ke-skin qiyinlashadi va qon bosimi tushib ketadi, bemor hushidan ketishi mumkin. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga toʻgʻri keladi. A.ning oldini olish uchun oʻz bilgicha dori ichmaslik kerak, aks holda organizm sezuvchanligi oshib ke-tishi mumkin, agar dori ichganda biror 471xil allergik reaksiya roʻy bersa, dori ichishni toʻxtatib, albatta vrachga uchra-shish kerak.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil