Anaksagor
Anaksagor (miloddan avvalgi taxminan 500-428) — yunon faylasufi, riyoziyot va falakiyot olimi, Afina falsafa maktabining asoschisi. Xudosizlikda ayblangan (u Kuyosh choʻgʻ holatidagi jismdan iborat, deb uqtirgan). Buzilmas unsurlar — narsalarning „urugʻ“lari haqidagi taʼlimotni ilgari surgan (keyinchalik ular gomeomeriya deb atalgan). Uningcha, olam bunyodkori aql (nus) boʻlib, unsurlarni tartibga solib turadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |