Analog qurilma, shuningdek analog uskuna bu analog signallar. bilan ishlashga moʻljallangan uskunalardir[1].

Analog elektron qurilmalar (AEQ) elektron qurilmalar asosida ishlab chiqarilgan analog elektr signallarini kuchaytirish va qayta ishlash uchun moʻljallangan qurilmalardir.

Analog signal uzluksiz funksiya boʻlib, turli vaqtlarda cheksiz miqdordagi qiymatlarga ega boʻladi. Eng keng tarqalgan analog signal bizning nutqimiz tovushlari hisoblanib, ossillogrammalarda turli xil, gʻalati shakllarga ega boʻladi. Analog signallar ular tasvirlagan fizik jarayonlar bilan bir xil qonunga muvofiq oʻzgaradi.

Analog elektron qurilmalar guruhlari

tahrir

Analog elektron qurilmalarni tasniflash mumkin boʻlgan quyidagi ikki yirik guruhga ajratish lozim:

Qurilmalar tasnifi

tahrir

Fan, texnika va ishlab chiqarishning axborotlarni qayta ishlash va o ‘zgartirish uchun xizmat qiluvchi elektron qurilmalarni ishlab chiqish hamda tatbiq etish bilan shugʻullanuvchi sohasi elektronika deb ataladi. Elektron qurilmalarni tasniflashda axborotlarni to ‘plash, uzatish va qabul qilish usuli eng muhim belgilardan hisoblanadi. Elektron qurilmalar (EQ) analog va diskret (raqamli) qurilmalarga ajratiladi.

Analog elektronika uzluksiz o ‘zgaruvchi elektr signallarni uzatish, qayta ishlash, qabul qilish uchun xizmat qiluvchi EQlarni ishlab chiqish va o ‘rganish bilan shugʻullanadi. Bu, analog (EQ)larda signal qiymati minimaldan maksimalgacha o ‘zgarganda, uni qayd qilish va uzatish uzluksiz amalga oshirilishini anglatadi. A E Q larning asosiy afzalligi nisbatan tezkor ishlashidan va soddaligidan iborat. Kamchiliklari sifatida tem peratura va boshqa om illartaʼsirida parametrlari nobarqarorligini va xalaqitbardoshligining kichikligini; axborotni uzoq vaqt saqlash qiyinligini aytib o ‘tish kerak. Analog qurilmalar asosini sodda kuchaytirgich kaskadlar tashkil etadi. Ular asosida murakkabroq kuchaytirgichlar, tok va kuchlanish stabilizatorlari, chastota o ‘zgartgichlar, sinusoidal teb ran ish lar generatorlari va boshqa qator sxemalar yaratiladi.

Raqamli elektronika qiymati boʻyicha kvantlangan elektr signallarni uzatish, qayta ishlash va qabul qilishga m oʻljallangan diskret EQ (DEQ)larni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Kvantlash deb uzluksiz signalni uning alohida nuqtalardagi qiymatlari bilan alm ashtirish jarayoniga aytiladi. Natijada, DEQlar signallarning bir-biridan keskin farqlanuvchi ikkita sath bilan ish koʻradi. DEQlarning afzalliklari: qurilmada sochiluvchi quw at kichikligi, elem entlar param etrlari nobarqarorlikka nisbatan sust bogianganligi, xalaqitbardoshligining yuqoriligi, axborot saqlash, uzatish va qayta ishlash kanallarida bir turdagi elem entlar qoʻllanishi, o ‘z navbatida, yuqori ishonchlilik, kichik oicham lilik va arzonlilikni ta ’minlaydi. Raqamli qurilmalar asosini ikkita turgʻun (ochiq va berk) holatda ishlashi mumkin bolgan tranzistorli elektron kalitlar tashkil etadi. Sodda kalitlar asosida murakkabroq sxemalar: mantiqiy, bistabil, triggerli va boshqalar yaratiladi.

Analog qurilmalar.

  • Kuchaytirgichlar – quvvat manbai energiyasi hisobiga yangi signal hosil qiladigan qurilmalar boʻlib, bunda berilgan signalning aniq nusxasi koʻproq yoki kamroq koʻrinishda boʻladi. Biroq bunda oqim kuchlanish yoki quvvat hisobi boʻyicha oshib ketishi mumkin.
  • Kuchaytirgichlarga asoslangan qurilmalar. Bular asosan elektr signallari va qarshiliklarning konvertorlari hisoblanadi.

Elektr signallarini oʻzgartirgichlar (faol analog signallarni qayta ishlash qurilmalari) kuchaytirgichlarga asoslangan boʻlib, signallarni maxsus qayta aloqa zanjirlari bilan bevosita ishlatish yoki ularni maʼlum bir tarzda modifikatsiyalash orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda yigʻish, ayirish, logarifm, antilogarifm, filtrlash, aniqlash, koʻpaytirish, boʻlish, taqqoslash va boshqa amallar bajariladi. Qarshilik konvertorlari qayta aloqa kuchaytirgichlariga asoslangan boʻlib, ular qarshilikning kattaligini, turini, tabiatini oʻzgartirishi mumkin. Qarshilik konvertorlari baʼzi signallarni qayta ishlash qurilmalarida qoʻllanadi. Bunda maxsus toifa barcha turdagi generatorlar va tegishli qurilmalardan iborat boʻladi.

Analogdan diskritga oʻtish

tahrir
  • Analog mastering

Analog qurilmalarning turlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Першиков В. И., Савинков В. М.. Толковый словарь по информатике, 50000 экз, М.: Финансы и статистика, 1991. ISBN 5-279-00367-0.