Anamniyalar
Anamniyalar (Anamnia) — em-brional taraqqiyotning dastlabki dav-rida embrion pardalari, jumladan am-nioni ham boʻlmaydigan tuban umurtqali hayvonlar guruhi. Toʻgarakogʻizlilar, baliqlar, suvda hamda qurukda yashovchilarni oʻz ichiga oladi. A. birlamchi suv umurtqalilari boʻlib, embrional rivoj-lanishi suv muhiti bilan bogʻliq.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |