Anamorfirlash (yun. Anamorphoo — oʻzgartiraman) — ob’-yekt tasvirining konfiguratsiyam (oʻlchamlari, shakli)ni optik yoki boshqa usulda oʻzgartirish. A. maxsus optik si-stemalar yordamida, shu bilan birga jism yoki tekisliklarni qiyalashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. A.da silindrik linzalar, optik koʻzgular, ponasimon shishalar va boshqa optik moslamalardan foydalaniladi. Tasvirning oʻzaro per-pendikulyar yoʻnalishdagi chiziqli kat-talashtirishlari nisbati A. koeffitsi-yenti deyiladi. Tasvirni gorizontal yoki vertikal yoʻnalishlarda bir tekis siqib yoki choʻzib A. (ayniqsa, kinotexnikada) keng tarqalgan. Oddiy kinoplyonkaga go-rizontal tekislikda siqilgan tasvir tu-shirilib, uni ek-randa proyektor orqali koʻrsatilganda, yoyish yoʻli bilan tomonlarining oʻlchamlari nisbati 2,35:1 boʻlgan tasvir hosil qilinishi mumkin. Bunday oʻzgartirishlar, odatda, maxsus mos-lama yordamida amalga oshiriladi. Ekran te-kisligini qiyalatib A. rasmni qogʻozga tushirishda va matbaada qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil