Ananas (Ananas) — ananasdoshlar (Bromeliaceae) oilasiga mansub oʻtlar turkumi (urugʻi). 5 — 6 turi maʼlum. Asosan, Amerika qitʼasining tropik hududlarida va Osiyoning Filippin, Tayvan o.larida oʻsadi. Barglari qalin, uzun, xanjarsimon. Ekiladigan A. (A. Sativus) Amerika va Tayvandan boshqa joylarda ham oʻsadi. Bu toʻrning mevasi qubba shaklidagi toʻp me-vadan iborat, ogʻirligi 2 — 5 kg, tusi sargʻish, xushxoʻr. Hoʻl meva yoki konserva holida isteʼmol qilinadi. Baʼzi turlarining barglaridan ipaksimon noziq tolalar ham olinadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil